
Joriy haftada Respublika tez tibbiy yordam markazi xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash maktabida 🏫 hududiy filiallarida faoliyat yuritayotgan transport va ekspluatasiya boʻlimlari boshliqlari, shuningdek, umumiy masalalar va AKT boʻyicha rahbar oʻrinbosarlari uchun “Tez tibbiy yordam avtotransport xizmatining rahbar xodimlari malakasini oshirish” oʻquv kursi yakunlandi.
📖 Oʻquv kurs davomida tinglovchilar tomonidan transport sohasidagi yangi qabul qilingan hamda amaldagi qonunchiligi, tez tibbiy yordam avtrotransportlari uchun yoʻl harakati qoidalari, yangi avtomashinalar texnik xususiyatlari va ulrga texnik qoʻllab-quvvatlash qoidalari, shuningdek, mehnat muxofazasi, texnika va yongʻin xavfsiziligi talablari boʻyicha maʼruzalar eshitildi.
👨🏻🎓Kurs yakunida tinglovchilarga malaka oshirilganligi toʻgʻrisida sertifikatlari topshirildi.


